Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haj mavsumida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi

Haj mavsumida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi

Foto:«Sabah.com»

Bu yil 19-24-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan haj mavsumida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi. Buning uchun barcha sharoit yaratilgan, deya xabar beradi «Sabah.com.tr» sayti. 

Makka shahrida ziyoratchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida kuzatuv kameralari soni ko‘paytirildi. Soniya-soniya ziyoratchilarning xatti-harakatlari kuzatuv markazida ulkan ekranlar orqali kuzatib boriladi.

«Haj mavsumida juda katta izdihom kuzatiladi. Shu bois Makka shahrida har qanday favqulodda holatga shay, xavf-xatarni bartaraf etishga qodir guruhlar mavjud. Bunday xodimlar Ka’ba hamda muqaddas zaminning turli burchaklarida 24 soat davomida navbatchilik qilishadi. Ular shubhali biror xatti-harakatni sezishsa, darhol ishga kirishadi», – deydi Saudiya Arabistoni Haj, umra va favqulodda xavfsizlik kuchlari rahbari, general-mayor Muhammad ibn Vosil Ahmadiy.

Kuzatuv markazi orqali Mino va boshqa joylardagi hojilar ham nazorat ostiga olingan.

Xavfsizlik operatsiyalari milliy markazi (911) direktori, polkovnik Valid Salim Abu Shanabning aytishicha, haj mavsumida har kuni 45 ming kishi turli masalada markazga murojaat qilar ekan. Ulardan 10 foizi turli vaziyatlar haqidagi xabarlardir.

Yo‘l transport hodisasi yoki boshqa masalalar yuzasidan qilingan murojaatlarga o‘z vaqtida javob qaytarilar ekan.

Markazda haj qilish uchun kelgan ayollar uchun ham xotin-qizlardan tarkib topgan maxsus guruhlar ishlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring