Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Haftaning ikkinchi yarmi juda iliq bo‘ladi» — O‘zgidromet

«Haftaning ikkinchi yarmi juda iliq bo‘ladi» — O‘zgidromet

Foto: «Xabar.uz»

Gidrometeorologiya xizmati markazi O‘zbekiston bo‘yicha 10-14 aprel kunlariga ob-havo prognozini e’lon qildi.

Ertaga, seshanba kunidan boshlab O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan juda iliq va quruq havo massasi kirib keladi.

Respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Horazm viloyatida 14 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi havo harorati ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib, 29-32 darajani tashkil etadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 35-37 darajagacha bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 11-14 aprel kunlari shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 10-11 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda (2000 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

10-11 aprelda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

10-11 aprelda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.

Chorshanba kunidan boshlab havo jadal isiy boshlaydi. Dushanba va seshanba kunlari kunduzgi havo harorati 16-19 daraja, juma kuniga kelib, 30-32 daraja atrofida bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring