Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hafta oxirigacha o‘rtacha issiq bo‘ladi» — O‘zgidromet

«Hafta oxirigacha o‘rtacha issiq bo‘ladi» — O‘zgidromet

O‘zbekiston bo‘yicha 21-25 avgust kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.

Ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

21-25 avgust kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat bugun kunduzi respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida ba’zi joylarda va 22-24 avgust kunlari ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati asosan kechalari 18-23 daraja, kunduzi 21 avgustda 34-39 daraja, 22-23 avgustda 32-37 daraja, 24-25 avgustda 34-39 daraja bo‘ladi.

O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga 25 avgust kuni Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo massasi tarqala boshlaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat 30-35 darajagacha pasayadi.

21 avgustda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda: havo kam bulutli bo‘ladi. Kunduzgi harorat 25 avgustda 37-39 daraja, 22-25 avgustda 34-37 daraja  bo‘ladi. Harorat kechalari 19-22 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtachagacha esadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring