«O‘zgidromet» haftalik ob-havo ma’lumotini e’lon qildi
Respublika Gidrometeorologiya markazi yangi haftada kutiladigan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Bugun va ertaga O‘zbekistonda ob-havo sharoitini dam olish kunlari hududimizga kirib kelgan quruq va deyarli sovuq antitsiklon havo massalari belgilaydi. Barcha viloyatlarda ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 7 daraja iliqqacha bo‘ladi.
23-dekabrda Kavkaz hududlaridan kirib kelgan biroz nam havo massalari respublika hududlari bo‘yicha siljiydi. Respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat markaziy hududlar bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.
24-25-dekabrda bizning hududimizga Eron hududlaridan iliq havo massalari kirib keladi. Havo harorati ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib, kunduz kunlari havo 7-12 darajagacha isiydi.
Hududlarning ko‘p qismida shu kunlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat, respublikamizning shimoli-g‘arbiy hududlariga 25-dekabrda janubiy siklon kirib kelishi boshlanadi, buning hisobiga Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter