Hafta davomida ob-havo tez-tez o‘zgarib turishi kutilmoqda
«O‘zgidromet» hafta davomida O‘zbekistonda kutiladigan ob-havo xususida xabar berdi.
Bugun mamlakatimiz hududining katta qismida ob-havoning nobarqaror bo‘lishi kutilmoqda, ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ib momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechga yaqin mamaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ob-havo asosan kam bulutli va quruq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 6-may kuni ham ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ib momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Ko‘pincha bahorda bo‘lganidek, 4-6-may kuni kutilayotgan yomg‘irlar ayrim joylarda (lokal) kuchli bo‘lishi mumkin. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, shiddat bilan esganda 23-28 m/s gacha yetishi mumkin.
Bu kunlarda havoning harorati 23-28 daraja, yomg‘ir yoqqanda 20-23 darajani tashkil qiladi.
Xaftaning ikkinchi yarmi yaxshi ob-havo bilan boshlanadi. 7-8-may kunlari butun mamalakatimiz hududida ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Harorat 25-30 daraja atrofida bo‘ladi.
9-mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha yana ba’zi joylarga yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
4-7-may kunlari respublikaning tog‘li va tog‘oldi tumanlarida sel kelishi xavfi bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter