Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hafta boshida harorat 25 darajagacha qiziydi

Hafta boshida harorat 25 darajagacha qiziydi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» 13-15 fevralga ob-havo prognozini taqdim etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 13 fevralda 0-5° iliq, 14-15 fevralda 2-7° iliq, kunduzi 13 va 15 fevralda 13-18° iliq, 14 fevralda 15-20° iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-14 fevralda 3-8° iliq, 15 fevralda 5-10° iliq, kunduzi 13 fevralda 15-20° iliq, 14-15 fevralda 17-22° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13 fevralda 12-17° iliq, 14-15 fevralda 17-22° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13 fevralda 3-8° iliq, 14-15 fevralda 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13 fevralda 11-16° iliq, 14-15 fevralda 13-18° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 14-15 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring