Habib Nurmagomedov Konor bilan jangi oldidan o‘zbekistonliklarga minnatdorlik bildirdi (video)

Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov o‘zbekistonlik muxlislariga video murojaat yo‘lladi. Ushbu video «Instagram»dagi «Shownews» sahifasida joylashtirildi.
Habib Nurmagomedov ushbu murojaatda o‘zbekistonlik muxlislarga qo‘llab-quvvatlashayotgani uchun minnatdorlik bildirdi va Konor bilan jangda oxiriga borishga so‘z berdi.
Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘rtasidagi jang 6-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter