Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Habib kamarini halollab olsin!» Buxorolik yigit Nurmagоmedovni jangga chorladi

«Habib kamarini halollab olsin!» Buxorolik yigit Nurmagоmedovni jangga chorladi

Foto: bookmaker-ratings.ru»

Buxorolik O‘.O‘rinov (1979-y.t.) kimsan UFC bo‘yicha jahon chempioni Habib Nurmagomedov bilan jang qilmoqchi!

Bu haqda u tor doirada, bos mastona holda aytmadi. Balki niyatini Prezident ishonch telefoni orqali oshkor qildi: «Men Habib Nurmagomedov bilan jang qilmoqchiman. Bu masalada hech qayerga murojaat qilmadim. Iltimos, menga shu  imkoniyatni yaratib berishlarini so‘rayman. Habib kamarini halollab olsin. Meni ham, Habibni ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishlarini so‘rayman», deydi u murojaatida.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilayotgan mazkur murojaatga jiddiy qarayotganlar kam. Aksariyat foydalanuvchilar hazil ohangida uning «duxi»ga  balli, deyishmoqda. Ayrimlari esa ayni jang o‘tkazilishi mumkinligiga ishonmoqda ham. Bunisi endi mo‘’jiza bilan barobar.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekistonda ham aralash jang san’ati federatsiyasi tashkil qilinib, unga Otabek Umarov prezident etib tayinlangandi.

O‘tgan yilning noyabr oyida Toshkentda ilk GFC 20 musobaqasi o‘tkazilib, ushbu musobaqaga dunyoning taniqli sportchilari taklif etilgandi.

Xususan, rossiyalik aralash yakkakurash ustasi, UFC bo‘yicha jahon chempioni Habib Nurmagomedov faxriy mehmon sifatida Toshkentga kelgandi.

Otabek Umarov faxriy mehmonga noyob sovg‘a taqdim etib, o‘zining telegram kanalida «O‘zbekistonga xush kelibsiz!», deb yozib qoldirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring