G‘uzor tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi tayinlandi

Xalq deputatlari G‘uzor tumani kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qilmoqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Yig‘ilishda G‘uzor tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Bekzod Suyunov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi hokim S.Boboqulov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter