Berdimuhammedov Konstitutsiyadagi taqiqqa qaramay parlament a’zosi etib saylandi
Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov yangi tashkil etilgan parlament a’zosi etib saylandi. Bu haqda «Watan habarlary» xabar berdi.
Berdimuhammedov 29-mart kuni bo‘lib o‘tgan saylovda 100 foiz ovoz olgan va unga yuqori palatada qonun chiqaruvchi sifatida yangi lavozim berilgan.
Davlat ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, «saylovlar Turkmanistonning demokratik taraqqiyoti va milliy lideri tomonidan amalga oshirilgan qat’iyatli islohotlarning g‘alabasining yaqqol dalilidir».
2020-yil cyentyabr oyida konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlar natijasida parlament ikki palatali bo‘lgan edi. Bu saylov shundan beri Xalq Kengashi uchun birinchi saylov bo‘ldi.
Ro‘yxatdan o‘tgan 112 nafar nomzodlar yuqori palatadagi 48 o‘ringa da’vogarlik qilgan, va «mustaqil» mahalliy kuzatuvchilar tomonidan kuzatilgan. Shuningdek, yuqori palataning sakkiz a’zosi saylangan Berdimuhamedov tomonidan tayinlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston Respublikasi Konistitutsiyasi 73-moddasiga ko‘ra «prezident Turkmaniston Milliy Kengashining a’zosi yoki deputati bo‘lishi mumkin emas».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter