Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li vazir o‘rinbosarligidan ketib, hokim o‘rinbosari etib tayinlandi
![Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li vazir o‘rinbosarligidan ketib, hokim o‘rinbosari etib tayinlandi](https://static.xabaruz.com/crop/4/1/720_460_95_41384553.jpg)
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning qarori bilan uning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov mamlakat Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, Axal viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Turkmaniston axborot agentligi xabar bermoqda.
Serdar Berdimuhamedov TIV o‘rinbosari lavozimiga 2018 yilning 30 martida tayinlangan edi. Shu yilning 25 martida o‘tkazilgan saylovlarda u mamlakat Majlisi (parlamenti) deputati etib saylangandi.
U mamlakat rahbarining yagona o‘g‘li hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter