Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulistonlik erkak jazmani qo‘ynida yurak xurujiga yo‘liqdi va o‘sha joyda jon berdi

Gulistonlik erkak jazmani qo‘ynida yurak xurujiga yo‘liqdi va o‘sha joyda jon berdi

Illyustrativ foto

Xushtorining qo‘ynida yurak xurujiga uchragan gulistonlik erkak avvaliga hushidan ketadi. Uning hayoti xavf ostida qolganini bilsa-da, ayol «Tez yordam» chaqirib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmaydi. Aksincha, «siri» ochilib sharmanda bo‘lishidan cho‘chib, tomoshabinlikdan nariga o‘tmaydi.

Natijada erkak vafot etadi.

Vaqt allamahal bo‘lgach, ayol uning jasadini hovlisidagi eshak aravaga yuklab, dala yo‘lining chetiga tashlab keladi.

Mazkur voqelikning yoritgan «Militsiya_Uzb»da  voqelik qachon yuz bergani, jinoyat ishi qachon fosh etilgani, jasadni uyidan olib, eshak aravaga yuklashda birov yordam berganmi yoki bu ishni ayolning bir o‘zi (!) uddalanganmi — aniq ma’lumot berilmagan. Faqat erkak (A.Z.) ham, ayol (B.A.) oilalik ekanini qayd etib, mazkur ish mazmunan sud tartibida ko‘rib chiqilganini urg‘ulaydi.

Sud ayolni Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topibdi. Biroq qanday jazo berilgani ham xabarda ochiqlanmagan.

Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismida hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan va o‘zini-o‘zi himoya qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan shaxsga yordam ko‘rsatmaslik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo‘lib, agar shunday holat odam o‘lishiga  olib kelsa, aybdor ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘rsatilgan...

O‘ta yoqimsiz manzara. Biroq «ish» bo‘yicha ishtibohlar ham yo‘q emas...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring