Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Guliston tibbiyot klasteri»ga xorijiy ekspertlar jalb etiladi

«Guliston tibbiyot klasteri»ga xorijiy ekspertlar jalb etiladi

Foto: «123ru.net»

Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Guliston shahridagi Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazi filiali va viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasi bir hududda bo‘lib, unga tutash yoki atrofida 10 ga yaqin tibbiyot muassasasi joylashgan. Ularni viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasiga yagona boshqaruv asosida birlashtirib, «tibbiyot klasteri»ga aylantirish, tibbiyot kolleji negizida tibbiyot oliygohini tashkil etish uchun barcha zaruriy infratuzilma mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat hokimligiga yil yakuniga qadar xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda «Guliston tibbiyot klasteri»ning loyihasini ishlab chiqib, ishni boshlash vazifasi yuklatildi.

Har bir viloyat hokimi bir oy muddatda o‘z hududida Sirdaryo tajribasi asosida ilg‘or xorijiy klinikalar bilan hamkorlikda «tibbiyot klasterlari»ni tashkil etish bo‘yicha taklif kiritishi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring