Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gruziyaning sobiq prezidentiga Tbilisi aeroportida tuxum uloqtirildi

Gruziyaning sobiq prezidentiga Tbilisi aeroportida tuxum uloqtirildi

Foto: Oxu.az

Gruziyaning sobiq prezidenti Salome Zurabishviliga Tbilisi aeroportida tuxum uloqtirildi.

«Myunxen xavfsizlik konferensiyasidan qaytgan Zurabishvili bir guruh noma’lum faollar nishoniga aylandi. Georgiy Gaxariya kabi unga ham Tbilisi aeroportida tuxum otishdi», — deb xabar berdi «Pirveli» telekompaniyasi.

Bir kun oldin sobiq bosh vazir, muxolifatdagi «Gaxariya — Gruziya uchun» partiyasi yetakchisi Georgiy Gaxariya ham tuxumbo‘ron qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring