Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gruziya parlamenti spikeri iste’foga chiqdi

Gruziya parlamenti spikeri iste’foga chiqdi

Iraykliy Kobaxidze.

Foto: «Rustavi-2»

Gruziya parlamenti spikeri Iraykliy Kobaxidze Tbilisidagi namoyishlardan so‘ng iste’foga chiqdi. Bu haqda «Rustavi-2» telekanali «Gruzin orzusi» partiyasi vakillariga asoslanib xabar berdi.

Juma kuni, kechki payt Tbilisidagi parlament binosi oldida hukumatga qarshi namoyishlar boshlanib ketgani va namoyishchilar Gruziya IIV, Davlat xavfsizlik xizmati rahbarlari hamda parlament spikeri iste’foga chiqarilishini talab qilishgani haqida xabar bergandik.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlar oqibatida 240 kishi jarohat olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring