Greta Tunberg koronavirusga qarshi kurash uchun 100 000 dollar xayriya qildi
Shvetsiyalik ekofaol Greta Tunberg koronavirusga qarshi kurash davrida bolalarga ko‘mak tariqasida BMT bolalar jamg‘armasiga (YuNISEF) 100 000 dollar xayriya qildi.
«Greta Tunberg 22-aprel — Yer kunida «Human Act Award 2020» mukofotini qo‘lga kiritdi va 100 000 dollar qiymatidagi mukofot pulini YuNISEFga o‘tkazdi. «Human Act» tashkiloti Gretaning xayriyasini ikki baravarga ko‘paytirdi. Shu tariqa YuNISEFning koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun jami 200 000 dollar xayriya qilindi», — deyiladi xabarda.
YuNISEF o‘zining sayti orqali barcha xohlovchilarni xayriyaga qo‘shilishni taklif etdi. Bu mablag‘lar 190 dan ziyod mamlakatda koronavirus sharoitida bolalarni ta’minlash va qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter