Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Gremmi-2022» marosimi o‘tkazilishi savol ostida

«Gremmi-2022» marosimi o‘tkazilishi savol ostida

Trevor Noa o‘tgan yilgi yanvardan martga ko‘chirilgan mukofotlash marosimida.

Foto: CHRIS PIZZELLO/ASSOCIATED PRESS

AQSh shou-biznesi musiqa sohasidagi yilning eng asosiy mukofoti topshirilishini intiqlik bilan kutyapti.

«Gremmi-2022» g‘olibligiga da’vogarlar ro‘yxati allaqachon e’lon qilib bo‘lingan, biroq mukofot egalari nomlarini bilish kechikadigan ko‘rinadi. «The Wall Street Journal» o‘z manbalariga asoslanib yozishicha, AQShdagi murakkab epidemiologik vaziyat sababli mukofotlash marosimi 31-yanvardan boshqa sanaga ko‘chirilishi mumkin.

Nashr xabari tasdig‘ini topgan taqdirda «Gremmi» o‘tgan yilgi holatga tushadi — o‘shanda Los-Anjelesda COVID-19ni yuqtirishlar soni keskin ko‘payib ketib, mukofotlash martga ko‘chirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, «Gremmi-2022» mukofotlariga da’vogarlar — ABBA, Ledi Gaga, Billi Aylish, Jastin Biber va boshqa ijrochilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring