Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gretsiyada koronavirusga qarshi kurashishning yana bir yo‘lini topishdi

Gretsiyada koronavirusga qarshi kurashishning yana bir yo‘lini topishdi

Foto: «Poisknews»

Gretsiyada aholini koronavirusdan himoyalash maqsadida 1-iyundan tuberkulyozga qarshi dori (BCG) bilan emlash boshlanadi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Dori vositalari bo‘yicha milliy agentlik ushbu chorani ma’qullagan, vaksinatsiya (emlash) Afina, Saloniki, Patri va boshqa yunon shaharlarida amalga oshiriladi. «Neakriti» xabariga ko‘ra, Germaniya, Avstraliya va Niderlandiya ham ushbu choralar qo‘llanmoqda.

Tuberkulyozga qarshi dorining samaradorligi oxirgi uch yil davomida olib borilgan tadqiqotlarda isbotlangan edi. Olimlarning aniqlashicha, BCG (Bacillus Calmette—Guérin) bilan emlanganlarda respirator kasalliklarni yuqtirish xavfi 80 foizga kamayadi.

«Maxsus vaksina mavjud bo‘lmaganida kollektiv immunitetni umumiy himoyani ta’minlovchi vaksinalar (masalan, tuberkulyozga qarshi)  yordamida rivojlantirish mumkin», — dedi Afina milliy universitetining patologiya va infeksiyalar bo‘yicha professori Evangelos Yamarellos.

Mutaxassislar ushbu dori koronavirus bo‘yicha xavf zonasiga kiruvchi aholini himoyalashiga umid qilishyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring