Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gretsiyada ilk bor emlangan bemor vafot etdi

Gretsiyada ilk bor emlangan bemor vafot etdi

Foto: «Fbm.ru»

Gretsiyada to‘liq emlangan va asosiy kasalligi mavjud bo‘lmagan bemorning o‘lim holati ilk bor qayd etildi. Bu haqda «Papanikolau» shifoxonasining ikkinchi reanimatsiya bo‘limi direktori Nikos Kapravelos OPEN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, emlanmagan odamlar katta xavf ostida bo‘lishadi. Ushbu holat esa istisno hisoblanadi.

«Bu istisnolardan biridir. 13 mingtadan bitta!» — ta’kidladi Kapravelos.

Shifokor, shuningdek, delta mutatsiyasi tufayli kelib chiqqan epidemiologik vaziyatning nihoyatda qaltisligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «barcha ma’lumotlarni o‘zgartirdi». U sayyohlarning ta’tildan qaytishi munosabati bilan vaziyatning yanada yomonlashishi haqidagi xavotirlari bilan o‘rtoqlashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring