Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Go‘zallik salonida sumkangizni quchoqlab o‘tiring

Go‘zallik salonida sumkangizni quchoqlab o‘tiring

Foto: «Bilgichukuk.com»

2021-yil 9-yanvar kuni Namangan shahrida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra o‘sha kuni soat 14:00 larda Namangan shahar Davlatobod tumanida joylashgan ayollar go‘zallik saloniga borgan. Qo‘lidagi ayollar sumkasini stul ustiga qo‘ygan vaqtida kimdir sumkasidan 720.000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Chust tumanida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, ayol o‘sha kuni jinoiy harakatlarini takroran davom ettirgan. O‘sha kuni soat 14:10 larda Namangan shahar Davlatobod tumanida joylashgan ayollar go‘zallik saloniga kirgan. U yerda Namangan shahrida yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan ayolning qo‘lidagi ayollar sumkasini stol ustiga qo‘yganligidan foydalanib, ichidan 450.000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2021-yil 10-yanvar kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring