Go‘zallik tanlovining yakuniy bosqichi to‘polon bilan yakunlandi
«Missis Shri-Lanka — 2021» go‘zallik tanlovi g‘olib ishtirokchi va hakamlar hay’ati a’zosi o‘rtasidagi janjal bilan yakunlandi, deb yozadi Sputnik Turkiya.
Mojaro toj kiydirish paytida yuz bergan. Hakamlardan biri tanlov ishtirokchisi Pushpika De Silvaning ajrashgani haqidagi ma’lumotdan g‘azablangan. Qoidalarga ko‘ra, bunday holat tanlov shartlariga zid bo‘lgan.
Marosimdan olingan kadrlardan ma’lum bo‘lishicha, hakamlar hay’ati a’zosi mukofotlash marosimini to‘xtatib, De Silvaning boshidan tojni qaytarib oladi.
Keyinchalik g‘olibning o‘zi Facebook tarmog‘ida ajrashganligi haqidagi xabarlarni rad etib xabar qoldirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter