Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Go‘sht yemaslikning zararli jihati aniqlandi

Go‘sht yemaslikning zararli jihati aniqlandi

Foto: «Wikimedia»

Olimlar go‘sht va sut mahsulotlari iste’mol qilinishini inkor etuvchi vegetarianlikdan insonning suyaklari zarar ko‘rishi mumkinligini ma’lum qilishdi.

Tadqiqot o‘tkazilib, teng yarmi go‘shtxo‘rlar, teng yarmi o‘simlikxo‘rlardan iborat 72 kishining tovon suyaklari ultratovushda o‘rganilgan. Shunda suyaklarning holatini ko‘rsatuvchi 12 xil marker aniqlandi: A va V6 vitaminlari, lizin, leysin, omega-3 yog‘ kislotalari, R selenoproteini, yod, kalsiy, magniy va boshqa moddalar.

Olimlarning xulosasiga ko‘ra, go‘shtsiz ovqatlanish oxir-oqibat suyaklarning mo‘rtlashuviga olib keladi. Tadqiqotchilar aniqlashlaricha, faqat hayvon mahsulotlarida mavjud bo‘ladigan oziq moddalari yetishmovchiligi oqibatida veganlar (vegetarianlar)ning suyaklari mo‘rtroq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring