Google shifokorning yozuvini tushunarli qilib beradi
Google kompaniyasi shifokorlarning o‘qib bo‘lmaydigan «aji-buji» yozuvlarini tushunarli matnga aylantirib beruvchi tarjima funksiyasini ishga tushirdi. Bu haqda TechCrunch portali xabar berdi.
IT-gigant an’anaviy yillik anjumanida bayonot berishicha, yangi funksiya ayni paytda qidiruv tizimida ishlab turgan Google Lens utilitasining bir qismiga aylanadi. Bemor shifokorning retseptini suratga oladi, sun’iy intellekt esa u qanaqa dori yozib berganini aniqlaydi. Shifokorlarning retseptini «tarjima qilish» loyihasini ishga tushirish uchun Google jahondagi ko‘plab farmatsevtlar bilan hamkorlik qildi.
Hozircha ushbu funksiya faqat hind tilida ishlayapti, chunki Google Lens foydalanuvchilari eng ko‘p Hindistonda yashaydi. Kompaniya ilova tillarini geografiyasini kengaytirish, ingliz va boshqa tillar bilan boyitishni ham rejalashtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter