«Google» Meksikada tekin Wi-Fi tarmoqlarini ishga tushirdi
![«Google» Meksikada tekin Wi-Fi tarmoqlarini ishga tushirdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/3/720_460_95_2300726723.jpeg)
«Google» korporatsiyasi simsiz «qaynoq nuqtalar» orqali Lotin Amerikasidagi o‘z foydalanuvchilari sonini oshirishga qaror qildi. «Google» kompaniyasi Meksikada internetga bepul kirishni ta’minlaydigan 56 ta Wi-Fi maskanlarini tashkil qildi, deb xabar berdi «NV.ua».
Keyinchalik kompaniya o‘zining Wi-Fi makonlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Meksika «Google» kompaniyasi o‘zining «Station» loyihasini amalga oshirishni boshlagan Lotin Amerikasidagi birinchi mamlakatga aylandi. Mazkur tarmoq simsiz butunjahon internet tarmog‘iga (reklama modellari bilan birga) kirishni ta’minlaydi.
Dastlabki bosqicha Wi-Fi hududlar butun mamlakat bo‘ylab, Syudad-Xuare aeroportidan tortib, AQSh chegarasigacha bo‘lgan yo‘llarda, shuningdek, Meksikadagi savdo markazlarida ishga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, kompaniya bunga qadar Hindiston va Indoneziyada ham Wi-Fi nuqtalarini o‘rnatgan edi. Hozirda Hindistonda har oy «Google Station»dan 8 millionga yaqin odam foydalanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter