«Google» binosiga qulagan kran to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘ldi (video)

Sietl (AQSh)dagi qurilish krani bilan bog‘liq fojianing videosi paydo bo‘ldi. Kuchli shamolga dosh bermagan kran «Google» kompaniyasining yangi binosi tomiga ag‘darilib, keyin ko‘chaga qulab tushgan va kamida oltita mashinani bosib qolgan.
Baxtsiz hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, jumladan, ularning ikki nafari ishchi, biri esa shahardagi Tinch okeani universitetida tahsil olayotgan talaba qiz ekani ma’lum qilingan.
Jabrlanganlar orasida 25 yoshli ona va uning go‘dagi ham bo‘lib, ular shifoxonaga yotqizilgan. Kranning qulashi sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter