Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki karra «Oskar» sohibi vafot etdi

Ikki karra «Oskar» sohibi vafot etdi

Foto: «Funart.pro»

Gollivudning oltin davrining so‘nggi vakillaridan biri, taniqli aktrisa Oliviya de Xevillend 104 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

«Hollywood Reporter»ning xabariga ko‘ra, aktrisa umrining so‘nggi lahzalarini o‘tkazgan Parij shahrida tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.

Oliviya de Xevillend xonim Tokioda britaniyaliklar oilasiga dunyoga kelgan. U yerda otasi advokatlik bilan shug‘ullangan.

Aktrisa karerasini 1930-yillarda boshlagan. De Xevillendning eng mashhur rollaridan biri «Shamol bilan ketgan» filmidagi Melani roli hisoblanadi. De Xevillend «O‘ziga tegishli» (1946) va «Merosxo‘r» (1949) filmlaridagi rollari uchun eng yaxshi aktrisa sifatida ikki marta «Oskar» mukofotiga sazovor bo‘lgan.

«Santa-Fega yo‘l» (1940), «Jiyanim Reychel» (1952), «Sekin, sekin, azizim Sharlotta» (1964) va boshqa filmlardagi rollari ham ancha mashhur.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring