«GM Uzbekistan»ning ko‘rgazma zali ish boshladi

«GM Uzbekistan» AJning muntazam faoliyat yurituvchi ko‘rgazma zali o‘z ishini boshladi. Unda kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan barcha modeldagi avtomobillarining import qilinuvchi butlovchi qismlari namoyish qilinadi.
Zalga tashrif buyuruvchi mehmonlar mahalliy korxonalar o‘zlashtirishi uchun taklif qilingan butlovchi qismlar bilan tanishish va mahalliylashtirish jarayonini tashkillashtirishga bog‘liq bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislardan maslahat olish imkoniga ega bo‘ladilar.
Ko‘rgazma zali joylashgan manzil: Andijon shahri, Navoiy shoh ko‘chasi, 122 uy, Savdo – sanoat palatasi, 2-qavat.
Ish tartibi: Dushanba-Juma soat 8-00 dan 17-00 gacha
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter