«GM Uzbekistan» sun’iy navbatni yuzaga keltirgan 10181 ta soxta arizani aniqladi

«GM Uzbekistan» avtomobillarni xarid qilish bo‘yicha sentyabr oyi uchun berilgan 10181 ta ariza soxtaligi uchun bekor qildi. Bu haqda «UzAuto» kompaniyasi rasmiy saytida xabar berildi.
Arizalarning asosiy qismi «Malibu Turbo», «Damas» va «Matiz» avtomobillari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu soxta arizalar sun’iy navbatni yuzaga keltirgan.
Qayd etish lozimki, avgust oyining oxirgi haftasida 6393 ta soxta ariza aniqlangan va bekor qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter