«GM Uzbekistan» yana Qirg‘izistonga avtomobil eksport qila boshladi
22-aprel kuni «GM Uzbekistan» AJ avtomobillarini Qirg‘iziston Respublikasiga eksport qila boshladi.
Kompaniya matbuot xizmatiga ko‘ra, Qirg‘izistonga avtomobillar «Ravon» brendi ostida eksport qilinadi.
Bugungi kungacha kompaniya avtomobillari Belarus, Afg‘oniston va Tojikistonga amalga oshirildi. Shuningdek Qozog‘istonning Kostanay shaxridagi «SariarkaAvtoProm» zavodida kompaniya avtomobillarini yirik uzelli yig‘ish yo‘lga qo‘yildi.
Avvalroq, «GM Uzbekistan» bu yil «Chevrolet Equinox» krossoverini va «Chevrolet Trailblazer» yo‘ltanlamas mashinani ishlab chiqarishi ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter