«GM Uzbekistan» xaridorlarni firibgarlardan ogohlantirdi
«GM Uzbekistan» kompaniyasi o‘z xaridorlariga ogohlantirish bilan chiqdi.
«Ko‘pgina ogohlantirishlarga qaramay, bugungi kunda fuqarolarga yangi avtomobil taklif qilib, aldov yo‘li bilan ularning mablag‘larini o‘zlashtirayotgan firibgarlarlik holatlari hali hamon uchrab turibdi.
Ular turli lizing va kredit tashkilotlari ko‘rinishida xaridorlarga avtomobil taklif qilib, ularning mablag‘larini o‘zlashtirmoqda. Huquq-tartibot organlari tomonidan ularning faoliyatlariga chek qo‘yilayotganiga qaramay bu kabi hodisalar davom etmoqda» deyiladi xabarda.
«GM Uzbekistan» AJ yangi avtomobil xarid qilish istagida bo‘lgan xaridorlardan ogoh bo‘lishni hamda faqatgina kompaniyaning rasmiy dilerlariga murojaat qilishni so‘rab qoladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter