Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» mijozlar uchun yangi xizmatni yo‘lga qo‘ydi

«GM Uzbekistan» mijozlar uchun yangi xizmatni yo‘lga qo‘ydi

«GM Uzbekistan» AJ onlayn arizalarni va shartnomalarni rasmiylashtirish jarayoni ko‘rib chiqilganda betob bo‘lgani tufayli, band bo‘lib vaqti bo‘lmaganligi va boshqa uzrli sabablarga ko‘ra mijozlar avtosalonga shartnomalarni olib ketishlari uchun o‘z vaqtida kela olmaslik holatlarini tahlil qildi. Natijada, ba’zi mijozlarda ular ogohlantirilgandan keyin 3 ish kuni ichida salonga kelmaganligi sababli shartnoma bekor qilinishi holatlari kuzatildi.

Mazkur muammoni hal qilish va eng asosiysi, mijozning shartnoma rasmiylashtirishini o‘z vaqtida va qulay amalga oshirishi uchun «GM Uzbekistan» AJ tomonidan sayyor shartnoma rasmiylashtirish punkti bo‘lgan yangi «O‘zimiz boramiz» xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» axborot xizmati xabar berdi.

Avtomobil xarid qilish (onlayn-navbat) uchun ariza bergan va avtosalondan telefon qo‘ng‘irog‘i qabul qilgan poytaxtliklarning har biri 5-sentabrdan boshlab «O‘zimiz boramiz» xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Mazkur xizmat turi tez orada respublikaning hamma hududlarida foydalanishga tushiriladi va bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Sayyor shartnoma punktlari har kuni soat 8:00 dan 22:00 ga qadar shartnomani Toshkent shahrining kerakli nuqtasigacha yetkazib beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring