«GM Uzbekistan» 5 mingdan ziyod avtomobilni bir zumda sotib olishni taklif etdi
![«GM Uzbekistan» 5 mingdan ziyod avtomobilni bir zumda sotib olishni taklif etdi](https://static.xabaruz.com/crop/4/7/720_460_95_472792954.jpg)
«GM Uzbekistan» kompaniyasi xaridorlarga hozirda mavjud bo‘lgan avtomobillarni taklif etib, ularni 3 kunda yetkazib berishni ta’minlashini ma’lum qildi.
Bir zumda sotish uchun dilerlarda 5,8 mingdan ziyod avtomobil barcha ranglarda va komplektatsiyalarda mavjud:
- «Cobalt» - 1 067 dona;
- «Lacetti» - 1 235 dona;
- «Malibu» - 520 dona;
- «Spark» - 3 015 dona;
«GM Uzbekistan» avtomobillarini barcha ranglarda va komplektatsiyalarda «Uzavtosavdo online» platformasi orqali sotib olish mumkin. Buning uchun kompaniya saytiga kirish yoki «Uzavtosavdo» ilovasini yuklab olish, identifikatsiyalash yagona tizimi ( One ID)da ro‘yhatdan o‘tish, onlayn yo‘riqnomaga muvofiq istalgan avtomobilni tanlash lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter