Global qora iqtisodiyotning doyasi — AQShning sanksiyalari
Xitoy yetakchiligidagi global qora iqtisodiyot AQShning sanksiyalari sababli paydo bo‘lgan. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.
Rossiya, Eron, Venesuela, Shimoliy Koreya, Xitoy va boshqa «avtoritar rejimlar» hukmron mamlakatlarga nisbatan misli ko‘rilmagan darajada moliyaviy va savdo cheklovlari joriy etilgan, deb yozdi nashr. Holbuki, bu mamlakatlar hozirda ularga nisbatan Vashington qo‘llagan sanksiyalardan o‘zlarini himoya qila oladilar.
Xususan, Rossiya, Eron va Venesuela neftni Xitoyga sotishmoqda, evaziga sanksiyaga tushgan mahsulotlarni Chin mamlakatidan xarid qila oladilar.
«Xitoyga neftni sotishdan tushgan pullar Eron va Rossiya iqtisodiyotini ushlab turibdi va G‘arb sanksiyalarini yo‘qqa chiqarmoqda», — ekspert Kimberli Donovan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter