Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Global iqlim o‘zgarishi muammosini Amerikasiz hal qilib bo‘ladimi?

Global iqlim o‘zgarishi muammosini Amerikasiz hal qilib bo‘ladimi?

Foto: «RIA Novosti»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin global iqlim o‘zgarishi muammosini Amerikasiz hal qilib bo‘lmasligini aytdi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Putin global iqlim o‘zgarishi va antropogen chiqindilar muammosini Amerika Qo‘shma Shtatlari ishtirokisiz hal qilib bo‘lmasligini, shu bois ularni munozaraga chaqirish lozimligini qayd etgan.

«Biz global isishni kuzatyapmiz, lekin uning sabablarini bilmayapmiz, javoblar hali ham yo‘q. Antropogen chiqindilar ham katta ehtimol bilan isishning asosiy sababi emas, bu global miqyosdagi o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin»,- degan Putin.

Putinning aytishicha, Tramp o‘zining mamlakati uchun Parij bitimi manfaatli emas deb hisoblamoqda.

«AQShsiz antropogen chiqindilarning global iqlimga ta’siri muammosini ozgina bo‘lsa ham hal qilib bo‘lmaydi. Shunday ekan, AQShni bu munozaraga, birgalikdagi ishga jalb etish kerak», - ta’kidlagan Putin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring