Gitlerni faxriy unvonidan mahrum qilishdi
Germaniyaning Gessen yeridagi Babenxauzen shahar deputatlar kengashi Uchinchi reyx diktatori Adolf Gitlerni faxriy fuqaro unvonidan mahrum qilish to‘g‘risida bir ovozdan qaror qabul qildi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Qaror fashistlar yetakchisining vafotidan 76 yil o‘tib qabul qilindi. «Bild»ning aniqlik kiritishicha, bu qadam shaharning totalitar o‘tmishiga qarshi kurashning bir qismi hisoblanadi. Shahar Kengashi a’zosi Ingo Rorasser bu «o‘ngchilar, murosasizlik va irqchilikka qarshi signal» ekanligini ma’lum qildi.
Gitler 1933-yil aprel oyida Babenxauzenning faxriy fuqarosiga aylandi. O‘sha yili yanvar oyida u Germaniyaning reyxkansleri etib saylandi. 1934-yilda Gitler o‘zini Uchinchi Reyx fyureri deb e’lon qildi. 1939-yilda esa Gitler qo‘shinlari Polshaga bostirib kirib, Ikkinchi Jahon urushini boshladi.
Adolf Gitler 1945-yil 30-aprelda urush oxirida ittifoqchilar Berlinga bostirib kirganda o‘z joniga qasd qilib, vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter