Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gidrometeorologiya xizmati shoshilinch xabar e’lon qildi

Gidrometeorologiya xizmati shoshilinch xabar e’lon qildi

Foto: Hydromet.uz

Joriy yilning 4-6-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga Turkmanistondan iliq havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

4-5 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

5-6 martda respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring