Gidroksixloroxindan foydalanmang — braziliyalik shifokorlar

Braziliya infektologiya jamiyati koronavirusni davolashda gidroksixloroxindan foydalanmaslikka chaqirdi, deyiladi «RIA Novosti» xabarida.
Eng qizig‘i, ushbu mamlakat prezidenti Jair Bolsonaru koronavirusdan davolanishda aynan shu doridan foydalanmoqda.
«COVID-19»ning istalgan bosqichidagi davolashdan gidroksixloroxinni zudlik bilan olib tashlash kerak», — deyiladi jamiyatning bayonotida.
Olimlar sog‘liqni saqlash vazirligini koronavirus bemorlarini davolash siyosatini qayta ko‘rib chiqishga, zarari bo‘lsa bordirki, foydasi yo‘q doriga davlat pullarini behuda sarflamaslikka chaqirdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi dorilar sinovidan gidroksixloroxinni chiqarib yuborgandi. Iyun oyi boshlarida Oksford olimlari ham bu dori kovidni davolashda foyda bermasligini tasdiqlashgandi. Tadqiqotga ko‘ra, gidroksixloroxinni qabul qilgan bemorlarning 25,7 foizi 28 kun ichida olamdan o‘tgan. Bu dorini qabul qilmagan bemorlar o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichi esa 23,5 foizga teng. AQSh sog‘liqni saqlash milliy institutlari (NIH) ham gidroksixloroxin ustidagi klinik sinovlarni to‘xtatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter