Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gibrid Chevrolet Equinox narxlari e’lon qilindi

Gibrid Chevrolet Equinox narxlari e’lon qilindi

Avtomobidning eng muhim afzalligi uning yangi gibrid tizimidir, deyiladi UZAUTO MOTORS xabarida.

Yumshoq gibrid start-stop tizimi bilan ishlaydi. Ushbu avtomobillarda oddiy starter o‘rniga kuchli quvvatli motor-generator o‘rnatilgan. U sekinlashganda elektr energiyasini ishlab chiqarib, yuqori quvvatli akkumulyatorni zaryadlaydi. Ichki yonish dvigateli oddiy generatorni aylantirish uchun kamroq energiya sarflaydi yoki umuman sarflamaydi.

Yangi gibrid tizimi aynan elektrmobilning elektr rejimida ishlay olmasa ham, u shunga o‘xshash gibrid bo‘lmagan versiyalarga nisbatan shaharda ham, magistralda ham yoqilg‘i samaradorligini oshirishni ta’minlaydi. Aynan ushbu tizim sababli yoqilg‘i sarfi sezilarli darajada kamayadi va 100 km uchun 7,01 litrni tashkil qiladi.

Chevrolet Equinox MY2022 (2022 yil modeli)

  • 5T LS FWD komplektatsiya: 250 732 510 so‘m;
  • 0T 1LT FWD MH komplektatsiya: 338 260 870 so‘m;
  • 0T 1LT AWD MH komplektatsiya: 365 217 391 so‘m;
  • 0T 3LT AWD MH komplektatsiya: 391 304 348 so‘m.

Bu narxlarga QQS ham qo‘shiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring