Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari olis ovulda sayyor qabul o‘tkazdi

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari olis ovulda sayyor qabul o‘tkazdi

Foto: Xalq bilan muloqot guruhi

O‘zbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisi o‘rinbosari A.Usmonov Zarafshon shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda A.Usmonov bilan birga viloyat prokurori Sh.Aminov, viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Bozorov, viloyatdagi boshqarma va idoralar boshliqlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

Sayyor qabulda Uchquduq tumani va Zarafshon shahrida istiqomat qiladigan 110 nafar fuqarolarning murojaati qayd etildi. 

Tomdi tumani «Aqtau» ovul fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari A.A,Usmonov, Navoiy viloyat Xalq qabulxonasi rahbari F.B.Quvandiqov, Navoiy viloyat prokurori Sh.A.Aminov, Navoiy viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari A.A.Bozorov, viloyat va tuman korxona, tashkilotlari rahbarlari qatnashdi.

Ovulda yashovchi fuqarolar ishtirok etgan qabulda aholi tomonidan 26 ta murojaatlar tushdi. Ushbu muammolar belgilangan tartibda ijro uchun qabul qilinib, nazoratga olindi.

«Aqtau» ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Bayshinov Beysinbay yolg‘iz yashashi, qarovchisi yo‘qligi sababli, yashab turgan uy-joyi kadastr qilinmaganligi, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun to‘lov imkoniyati yo‘qligini bildirdi. Xalqimizga xos bo‘lgan insonparvarlik, el dardiga malham bo‘lish shu joyda namoyon bo‘ldi. Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Bozorov mazkur muammoni shaxsan o‘zi zimmasiga olib, qisqa muddatda xonadonning kadastr hujjatlarini murojaat egasiga topshirishga va’da berdi. Tuman kadastr bo‘limiga zarur hujjatlarni rasmiylashtirish topshirildi. B.Bayshinov quvonchlarini tashakkur orqali izhor etib, oddiy insonga e’tibordan mamnunligini bildirdi.

Xuddi shuningdek «Aktau» ovul fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaro Mirzaqulova Gulsun ATB «Agrobank» Tomdi tuman filialidan iste’mol krediti olganligi, lekin texnik xatolik tufayli kredit grafigi noto‘g‘riligi natijasida to‘langan summani takror to‘lash talab qilinayotganligidan norozi bo‘lib, qilgan murojaati belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi. Kredit to‘lovlari o‘z vaqtida to‘langanligi, grafik noto‘g‘ri talqin qilinganligi aniqlanib, muammo joyida hal etildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring