Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Getji-Chandler jangidan so‘ng ikkala sportchi ham shifoxonaga tushdi

Getji-Chandler jangidan so‘ng ikkala sportchi ham shifoxonaga tushdi

Foto: «Sport-express.ru»

Amerikalik jangchi Jastin Getji Nyu-Yorkdagi «Medison-skver-garden» arenasida bo‘lib o‘tgan UFC 268 musobaqasida hakamlarning bir ovozdan qarori bilan Maykl Chandlerni mag‘lub etdi.

Getji va Chandler o‘rtasidagi jang uch raund davom etdi va yakunda g‘olib hakamlar tomonidan aniqlandi. Uchala hakam ham Jastin g‘alabasini e’tirof etishdi — 29:28, 29:28, 30:27.

32 yoshli Getji uchun bu g‘alaba faoliyatidagi 23-g‘alabasi bo‘ldi (23:3). O‘z navbatida, Chandler yettinchi bor yutqazib qo‘ydi va UFC homiyligida ketma-ket ikkinchi marta mag‘lubiyatga uchradi (27:7).

UFC rahbari Dana Uayt Jastin Getji va Maykl Chandler UFC 268 doirasida o‘tkazilgan jangdan so‘ng shifoxonaga yotqizilganini aytdi.

«Ikkalasi ham shifoxonaga yotqizildi. Ular shunchaki urushni boshidan o‘tkazishdi. Chandler intervyu berishini xohlamadim. Hammamiz bunday janglarni yaxshi ko‘ramiz, lekin yigitlarning bunday zarbalarni o‘tkazib yuborishini yoqtirmayman», — dedi Uayt matbuot anjumanida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring