Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyaning yangi kansleri karantinni kuchaytirdi

Germaniyaning yangi kansleri karantinni kuchaytirdi

Germaniyada «omikron» shtammi tarqalashi ortidan 28 dekabrdan barcha sport musobaqalari tomoshabinlarsiz o‘tadi. Bu haqda mamlakatning yangi saylangan kansleri Olaf Shols aytib o‘tdi.

«Hududlararo yirik musobaqalar endi omma ishtirokisiz bo‘lib o‘tadi. Bu ayniqsa, futbol uchrashuvlariga taalluqli», degan Shols intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, nemis bundeligasining navbatdagi turi 7 yanvardan boshlanadi. Ammo ungacha, 31 dekabr - 1 yanvar kunlari Oberstdorf shahrida «Tur de Ski» poygasi, 6-9 yanvar va 12-16 yanvarda esa biatlon bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring