Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyalik professor andijonlik talabalarga masofadan dars o‘tmoqda

Germaniyalik professor andijonlik talabalarga masofadan dars o‘tmoqda

Foto: Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Andijon davlat universiteti professori R.Aliyev tashabbusi bilan Berlin texnika universiteti professori Frank Behrendt tomonidan Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof muhit magistratura mutaxassisligi talabalari uchun «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari» fanidan vebinar darslar olib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bir necha kun avval vebinar darsning birinchi ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Unda «Jahonda energiya resurslari bilan ta’minlanish holati va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining rivojlanishi» mavzusida ma’ruza tinglandi.

Ma’ruzada butun dunyoda energiya bilan ta’minlash, yaqin kelajakda energiyaga bo‘lgan ehtiyojning oshib borishi, tiklanmas energiya manbalarining tugab borayotgani, 140 ta mamlakatda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari, 2050 yilga qadar ushbu jarayonning prognozlari tahlil qilindi. Shuningdek, xorijlik professor dars mobaynida bugun kun tartibiga chiqayotgan ekologik muammolar, butun jahon jamoatchiligi va olimlar tomonidan atmosferani ifloslantirish darajasini kamaytirishga qaratilgan tadqiqotlar va dekorbanizatsiya jarayonini ommalashtirish, energiyani neft, gaz, ko‘mirni yoqish orqali olinuvchi turlarini kamaytirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish orqali ekologik vaziyatni yaxshilash va shu bilan birga hozirgi texnikaviy taraqqiyotni yanada rivojlantirish mumkin ekanligini grafiklar, diagrammalar, olimlarning bashoratlari orqali tushuntirib berdi. Talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikrlari, savollari bilan murojaat qildilar, qizg‘in muhokamalar o‘tkazdilar.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, ADUdagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ilmiy laboratoriyasi 2019- yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 11 nafar tadqiqodchi professor Raimjon Aliyev rahbarligida 3 ta yo‘nalishda ilmiy tadqiqot olib bormoqdalar. Laboratoriyada olingan tadqiqot natijalari asosida hozirda 6 ta ilmiy ishlanma va qurilmalarga patent olish uchun ariza berilgan va joriy yilda ishlab chiqarishga joriy etilishi rejalashtirilgan. Ahamiyatlisi, ERASMUS+ dasturining RENES loyihasi doirasida 40 ming yevro hamda Jahon bankining Akademik innovatsiyalar fondi loyihasi bo‘yicha 140 ming AQSh dollari miqdoridagi yutib olingan grand mablag‘lari hisobidan laboratoriya eng so‘nggi jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari ichida shu turdagi yagona laboratoriya hioblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring