Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyalik ayol 66 yoshida 10-farzandini dunyoga keltirdi

Germaniyalik ayol 66 yoshida 10-farzandini dunyoga keltirdi

Foto: Telegraaf

Germaniyalik ayol 66 yoshida 10-farzandini dunyoga keltirdi, deb yozdi Telegraaf.

Aleksandra Hildebrandt — Berlin devori muzeyining direktori. Uning o‘ninchi bolasi — Filipp o‘tgan hafta dunyoga keldi. Chaqaloqning vazni 3550 gramm, bo‘yi 50 santimetr. Ayolning bolalari sakkiz marta kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga kelgan, shifokorlar buni kamyob hodisa deyishmoqda.

Aleksandra birinchi marta 21 yoshida ona bo‘lgan. Sakkiz farzandi 53 yoshidan so‘ng tug‘ilgan. Hozir u 12 yoshli egizaklar Elizabet va Maksimilian, 10 yoshli Aleksandra, 8 yoshli Leopold, 7 yoshli Anna, 4 yoshli Mariya va 2 yoshli Katarinani tarbiyalamoqda. Ayolning katta farzandlari — 45 yoshli Svetlana — shifokor, 36 yoshli Artyom — mediatsiya (vositachilik) bilan shug‘ullanadi.

Aleksandra Hildebrandt katta oila bir jam bo‘lib yig‘ilishini har gal intiqlik bilan kutishini aytdi. Uylari shuncha bolaga torlik qilib qolgani uchun, er-xotin yangi va katta uy sotib olishdi. Shifokorlarning aytishicha, yoshiga qaramasdan, Hildebrandtning jismoniy holati a’lo darajada.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring