Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyaga borayotgan yo‘lovchilar ogohlantirildi

Germaniyaga borayotgan yo‘lovchilar ogohlantirildi

«Omikron» shtammining paydo bo‘lishi munosabati bilan Germaniya hukumati amaldagi qoidalarga yangilarini kiritdi. Bu haqda «Uzbekistan Airways» xabar berdi.

Qayd etilishicha, Germaniyaga borayotgan 6 va undan yoshi katta yo‘lovchilar parvozga chiqishdan oldin Covid-19 testining salbiy natijasini, kasallikdan tuzalganligini tasdiqlovchi hujjat yoki Johnson&Johnson, Moderna, AstraZeneca, Pfizer vaksinalari bilan emlanganlik sertifikatini taqdim etishlari kerak.

Antigen testi Germaniyaga kirishdan 48 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda, PZR-testi esa parvozdan 48 soat oldin o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

Germaniya O‘zbekistonni «boshqa hududlar» ro‘yxatiga kiritganligi sababli www.einreiseanmeldung.de saytida raqamli shaklni to‘ldirish va karantinda bo‘lish talab etilmaydi.

Qoidalarni buzganlik uchun 25 000 yevrogacha jarima solinishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring