Germaniyada «omikron» oqibatida birinchi o‘lim qayd etildi
Germaniyaning Robert Kox instituti koronavirusning «omikron» shtammini yuqtirish oqibatidagi birinchi o‘lim holati haqida xabar berdi.
Bemorning yoshi 60—79 oralig‘ida bo‘lgani aytilgan, xolos. Boshqa tafsilotlar yo‘q.
Germaniyada koronavirusning «omikron» shtammini yuqtirish holatlari soni 3 198 taga yetdi. Umuman, pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 923 636 tani tashkil etib, bemorlarning 109 749 nafari vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter