Germaniyada noma’lum kishilar suriyalik muhojirni kaltaklashdi
Germaniyaning Vismer shahrida uch nafar noma’lum kimsa suriyalik muhojirni kaltakladi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
Hodisa 29 avgust kuni kechki payt sodir bo‘lgan.
Ikki nafar hujumchi 20 yoshli muhojirning yuziga, uchinchi kimsa esa zanjir bilan uning yelka va qovurg‘asiga urgan. Muhojir yerga yiqilgach, uni tepkilashgan. Jabrlanuvchining burni sinib, gematomalar yuzaga kelgan.
Ta’kidlanishicha, bezorilar nemischa gaplashishgan.
Ayni damda politsiya ularni qidiryapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter