Germaniyada koronavirusga qarshi emlangan 14 kishi «britan shtammi»ni yuqtirib oldi
Germaniya shimoli-g‘arbidagi Quyi Saksoniyada qariyalar uyida yashovchi 14 kishi koronavirusning «britan shtammi»ni yuqtirib oldi. Holbuki, ushbu muassasada yashovchilar 25 yanvar kuni ikkinchi marta «Pfizer» vaksinasi bilan emlangandi, deyiladi «Focus» xabarida.
Ushbu voqeadan so‘ng qariyalar uyida yashovchi barcha hamda xodimlar va ularning oila a’zolari karantinga olingan.
Osnabryuk tumani vakili Burkxard Ripenhoffga ko‘ra, yuqoridagi qariyalarning barchasi simptomsiz yoki yengilroq kasallanishgan. Shifokorlar kasallikning yengilligini emlashning samarasi bilan bog‘lashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqida koronavirusga qarshi vaksinalarning uch turiga ruxsat etilgan. Bular: «Pfizer»/«BioNTech», «Moderna» hamda «AstraZeneca» vaksinalari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter