Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada ishlaydigan o‘zbekistonlik dasturchi o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi (video)

«Freelance Day» loyihasining ilk uchrashuviga frilanserlik sohasida yetarli tajribaga ega hamyurtlarimizdan biri — andijonlik Akmaljon Qilichbekov taklif etildi. U Germaniya kompaniyasida faoliyat olib boradi.

70 nafar Andijon yoshlari ishtirokidagi uchrashuv Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy boshqarmasi hamda «Andijan Digital city» texnoparki tashabbusi bilan tashkil etildi.

Ushbu loyiha IT sohasida muvaffaqiyatga erishayotgan malakali frilanser dasturchilarning yutuqlari, bilim va malakalarini ushbu sohaga kirib kelayotgan yoshlarga namuna sifatida ko‘rsatish, motivatsiya berish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Akmaljon Qilichbekov – SAP full-stack dasturchisi bo‘lib, 2018 yildan buyon Germaniyaning SAP kompaniyasida BPO xodimi sifatida LeverX International kompaniyasi nomidan faoliyat yuritib kelmoqda.

IT sohasida 6 yillik ish tajribasiga ega Akmaljon suhbat davomida o‘zining bu sohaga kirib kelishi tarixi, SAP kompaniyasi va uning tizimlari, SAP dasturchisi bo‘lish imkoniyatlari hamda o‘ziga xos qiyinchiliklar, SAP tizimining IT-biznesdagi o‘rni to‘g‘risida o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, ishtirokchilar qiziqarli interaktiv o‘yinlarda qatnashdilar. Faollarga loyiha mehmoni va tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari ulashildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring