Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada ikkinchi urinishda mamlakatga kansler tasdiqlandi

Germaniyada ikkinchi urinishda mamlakatga kansler tasdiqlandi

Germaniya bundestagi ikkinchi urinishda Fridrix Mersni kansler lavozimiga tasdiqladi.Takroriy ovoz berish chog‘ida Mers uchun 325 deputat ovoz berdi, minimal talab 316 nafarni tashkil etardi. 

6-may kuni ertalabki birinchi urinish kutilmaganda muvaffaqiyatsizlikka uchradi: o‘ng markazchi XDI/XDS yetakchisiga atigi 310 kishi ovoz berdi. Bu urushdan keyingi Germaniya tarixida birinchi bunday holat sanaladi. 

Ikkinchi bor ovoz berish uchun XDI/XDS va ularning koalitsiyadagi hamkori Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (SPD) yana ikki partiya – Yashillar va So‘llarning qo‘llab-quvvatlashiga erishdi. 

Dastlab, Frankfurter Allgemeine va Bild seshanba kuni takroriy ovoz berish o‘tkazilmasligini xabar qilishdi, ammo keyin XDI/XDS, Sotsial-demokratlar, Yashillar va so‘llar yangi ovoz berishni o‘tkazishga rozi bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz. fevralda o‘tgan saylovlarda Mersning partiyasi 28 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongandi. Ushbu saylovlarda yaqinda ekstremistik deb topilgan "Germaniya uchun alternativ" partiyasi 20 foizdan ovoz olib, ikkinchi bo‘ldi. Bu partiya tarixidagi rekord ko‘rsatkich sanaladi. 

Ta’kidlash kerakki, Mers sotsialist Olaf Shols o‘rnini egalladi. Shols 2021-yilda hokimiyatga kelgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring