Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada ahvol og‘ir: hukumat keskin chora ko‘rishga majbur bo‘lyapti

Germaniyada ahvol og‘ir: hukumat keskin chora ko‘rishga majbur bo‘lyapti

Foto: «Dw.com»

16-dekabrdan 10-yanvargacha Germaniya hukumati COVID-19 tarqalishini sekinlashtirish maqsadida qat’iy karantin choralarini joriy qilmoqda. Bu haqda Berlinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Germaniya kansleri Angela Merkel ma’lum qildi, deb yozadi «TASS».

«2-noyabrdan beri ko‘rayotgan choralarimiz yetarli bo‘lmayapti. Biz harakat qilishimiz kerak, buni hozir amalga oshiryapmiz», — dedi Merkel. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, mamlakatda yuqumli kasalliklar bilan bog‘liq yangi holatlar sonining shiddatli ko‘payishi kuzatilmoqda.

Kansler hokimiyat organlari savdo nuqtalarini, shu jumladan, oziq-ovqat va boshqa ayrim do‘konlarni yopish to‘g‘risida kelishib olganligini ta’kidladi. Germaniya, shuningdek, jamoat joylarida alkogolli ichimliklarni iste’mol qilishni va pirotexnika vositalarini sotishni taqiqladi.

«Chorshanba kunidan boshlab chakana savdoga yo‘l qo‘yilmaydi. Faqat oziq-ovqat va eng zarur tovarlar bundan mustasno», — deya qo‘shimcha qildi Merkel.

Bundan tashqari, Yangi yil bayramlarida to‘planishlarga umumiy taqiq joriy etiladi. Maxsus holatlardan tashqari, maktablar va bog‘chalar imkon qadar yopiladi. Shuningdek, onlayn o‘qitish imkoniyatlari kengaytiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring